Loyiha
TanlanganKengash saylovlari uchun elektron ovoz berish tizimi
Pedagogika instituti kengash saylovlari uchun HEMIS OAuth orqali kirish, real vaqtli ovoz sanash, ko'p toifali saylov, Excel eksport va Telegram bot orqali mobil ovoz berishni qamrab olgan ichki elektron ovoz berish platformasi.
HEMIS OAuth2 orqali xodimlar autentifikatsiyasi va uch bosqichli tasdiqlash (kutilmoqda / tasdiqlangan / rad etilgan).
Ko'p toifali saylovlar (rektor, prorektorlar) — nomzodlar va byulleten variantlari bilan.
Uch xil ovoz turi: nomzod uchun, betaraf va qarshi.
Real vaqtli ovoz sanash API'si va jonli yangilanuvchi statistik dashboard (foizlar bilan).
Saylov, nomzod va byulleten loglarini Excel/CSV/JSON formatida eksport qilish.
Alohida saylovchilar CRUD paneli, ommaviy boshqaruv amallari va mobil ovoz uchun Telegram bot integratsiyasi.